Sen jinni emassan
Bu normal reaktsiya
Qo'rquv. Tashvish. Uxlayolmaslik. Doimo tarangsan. Bo'shashib ololmaysan. Soat 4da uyg'onib, uxlayolmaysan. Bu ojizlik emas. Bu g'ayritabiiy vaziyatga normal reaktsiya. Sen o'ldirishi mumkin bo'lgan mamlakatdan qochgansan. Tana va miyaning hali ham omon qolish rejimida. Bu bilan ishlash mumkin. UKda bunga yordam bor. Bepul.
NHS orqali bepul yordam
GPsiz
NHS Talking Therapies
NHSdan bepul terapiya. Oldin IAPT deb atalgan. O'zing yozilishing mumkin — GPdan yo'naltirish kerak emas. Saytga kirib, formani to'ldirib, ular qayta qo'ng'iroq qiladi. CBT (kognitiv-xulq terapiyasi), counselling yoki guruhlar taklif qiladi. Onlayn, telefon orqali yoki yuzma-yuz. Kutish: 2-6 hafta.
GP orqali
Shifokor (GP) orqali
Agar formani o'zing to'ldirishni xohlamasang — GPdan so'ra. Ayt: «I need a referral to talking therapies.» Yoki: «I'm struggling with anxiety and sleep. I'd like to see a therapist.» GP yo'naltirishi shart. Agar GP yordam bermasa — nhs.uk/talk orqali to'g'ridan-to'g'ri yozil.
sening huquqing
Qabulda tarjimon
Agar ingliz tili ona tiling bo'lmasa — tarjimonga huquqing bor. Bepul. Yozilishda ayt: «I need an interpreter in Uzbek.» Yoki GPdan tashkil qilishini so'ra. Tarjimon maxfiylikni saqlashi shart. Hech kim nima haqida gaplashganingni bilmaydi.
LGBTQ+ mental health
butun UK onlayn
MindOut
LGBTQ+ tomonidan LGBTQ+ uchun. Braytonda joylashgan, lekin onlayn qo'llab-quvvatlash — butun UK uchun. Low-cost counselling, peer support, qo'llab-quvvatlash guruhlari. Zoom orqali onlayn guruhlar: dushanba 3-5pm (of colour odamlar uchun), seshanba 3-5pm (trans/non-binary uchun), chorshanba 3-5pm (umumiy LGBTQ+). Shuningdek 50+, 30gacha, ayollar, bi odamlar uchun guruhlar bor.
London
London Friend
UKdagi eng qadimiy LGBTQ+ tashkilot (1972 yildan). Volontyor-terapevt bilan 12 haftagacha bepul counselling. LGBTQ+ odamlar uchun. Shuningdek alkogol, narkotik va chemsex bilan yordam (Antidote orqali — pastda qarang). Kutish ro'yxati — taxminan 5 oy, lekin hozirdan yozilish arziydi.
helpline
Switchboard
Faqat inqiroz emas — shunchaki gaplashish uchun ham qo'ng'iroq qilish mumkin. LGBTQ+ qo'llab-quvvatlash liniyasi. Sexuality, gender, munosabatlar, salomatlik — hamma narsa haqida. Volontyorlar o'zlari LGBTQ+. Anonim. Har kuni 10:00-22:00. Telefon, veb-chat yoki email.
terapevt topish
Pink Therapy
Butun UK bo'ylab LGBTQ+-friendly terapevtlar katalogi. Shahar, til, mutaxassislik bo'yicha qidirasan. Barcha terapevtlar LGBTQ+ odamlar bilan ishlash bo'yicha o'qigan. Qabullar pullik, lekin ba'zilari sliding scale taklif qiladi (imkoniyatga qarab narx).
London, asylum seekers
Outcome (Islington Mind)
Islington Mind ning LGBTQI+ loyihasi. Londonda LGBTQI+ odamlar uchun xavfsiz joy. Har seshanba 11:00-16:00 drop-in (yuzma-yuz + onlayn). Shunchaki kel — oldindan yozilish kerak emas. Peer support, guruhlar, mental health qo'llab-quvvatlash. Asylum seekerlar uchun ishlaydi.
Qiynoq va trafficking dan omon qolganlar uchun
self-referral
Helen Bamber Foundation
Agar qiynoq, zo'ravonlik yoki trafficking boshdan kechirgani bo'lsang — bu yerda yordam berishadi. Terapiya + yuridik yordam + asylum uchun tibbiy dalillar. O'zing murojaat qilishing mumkin (self-referral) saytdagi forma orqali. Bepul. Londonda ishlaydi, lekin butun UKdan qabul qiladi.
torture survivors
Freedom from Torture
Qiynoqdan omon qolgan odamlar uchun terapiya. London, Manchester va Glazgoda markazlar bor. Guruh va individual terapiya, art-terapiya, yoga. Shuningdek asylum claims uchun tibbiy-yuridik hisobotlar yozadi. Bepul.
Chemsex
LGBTQ+
London Friend — Antidote
UKda yagona LGBTQ+ odamlar tomonidan LGBTQ+ odamlar uchun boshqariladigan narkotik va alkogol xizmati. Chemsex bo'yicha mutaxassislik. Hukmsiz. Bepul. Drop-in: dushanba 11-13 (86 Caledonian Rd, N1) va payshanba 18-20 (32a Wardour St, W1). Yoki qo'ng'iroq qil / email yoz.
onlayn guruhlar
THT — Chemsex Ready for Change
Terrence Higgins Trust gey, bi erkaklar va trans odamlar uchun bepul onlayn guruhlar o'tkazadi — chemsga munosabatni o'zgartirmoqchi bo'lganlar uchun. Counselling, live chat, helpline. Anonim.
Hozir inqiroz
24/7
Agar hozir yomon bo'lsa
Kutma. Yoz yoki qo'ng'iroq qil. Bepul. Anonim. Kuniga 24 soat.
Muhim: Ushbu sahifadagi ma'lumot — umumiy va mutaxassis maslahatini almashtirmaydi. Agar hozir yomon bo'lsa — [email protected] ga yoz yoki Samaritans 116 123 ga qo'ng'iroq qil (bepul, 24/7). Mutaxassisga yo'naltirish uchun GPga yoki NHS Talking Therapies ga murojaat qil.