Bu yerda hech kim yashirinmaydi. Qo'l ushlab yurish, ko'chada o'pishish, ilovalarda tanishish, klublarga borish mumkin. Mana senga kerak bo'lgan hamma narsa.
Ilovalar
yigitlar uchun
Grindr
Gey va bi yigitlar orasida eng mashhur ilova. Geolokatsiya bo'yicha ishlaydi — hozir yoningda kim borligini ko'rasan. Bepul. Chatlar, rasmlar, filtrlar. Deyarli hamma shu yerda.
yigitlar uchun
Scruff
Bears, otters, jocks — va qolganlari. Grindr ga o'xshaydi, lekin boshqacha muhit. Boshqa shaharlardagi odamlarni qidirish va yaqin atrofdagi LGBTQ+ tadbirlarni topish mumkin. Bepul.
hamma uchun
Tinder
Dunyodagi eng ommabop tanishuv ilovasi. Barcha orientatsiyalar, barcha jinslar. Chapga-o'ngga suring. Sozlamalarda kimni ko'rishni xohlashingni tanlaysan. Bepul, pullik imkoniyatlari bor.
qizlar uchun
HER
Lesbiyankalar, bi va kvir ayollar uchun. Faqat tanishuv emas — bu yerda community, tadbirlar, qiziqish guruhlari bor. O'zingni o'z muhitingda his qilasan. Bepul.
LGBTQ+
Taimi
Butun LGBTQ+ spektri uchun — trans va non-binary ham. Tanishuv + ijtimoiy tarmoq + strimlar. Ko'p verifikatsiya, shuning uchun feyklar kamroq. Bepul.
jiddiy munosabatlar
Hinge
"Designed to be deleted." Haqiqiy narsa izlayotganlar uchun. Svayp o'rniga — savol va javobli profillar. Seni qiziqtirgan narsaga izoh qoldirasiz. LGBTQ+ friendly.
kink / fetish
Recon
Kink va fetish ga qiziquvchilar uchun jamoa. Profillar, tadbirlar, guruhlar. Uyatsiz, hukmsiz. Umumiy qiziqishlarga ega kattalar uchun ochiq makon.
open relationships
Feeld
Juftliklar va o'rganayotganlar uchun. Open relationships, polyamory, qiziquvchanlik. Barcha jinslar, barcha orientatsiyalar. Ikkalangiz bitta profil yaratishingiz mumkin. Hukmsiz.
Qayerga borish mumkin — London
Soho
Old Compton Street va atrofi
LGBTQ+ Londonning yuragi. Barlar, kafelar, ko'chadagi odamlar. Heaven — Charing Cross ostidagi afsonaviy klub. She Soho — qizlar uchun bar. Admiral Duncan — tarixiy pab. Comptons, Village, Circa — hammasi yaqin. Shunchaki kofe yoki kokteyl ichgani kirish mumkin. Qabul qilish muhiti.
Vauxhall
Eagle London, Horse Meat Disco
Klub sahnasi. Eagle London — ziyofatlar, leather va bear nights bilan bar. Horse Meat Disco — afsonaviy yakshanba diskotekasi. Tuman yarim tundan keyin jonlanadi. Soho dan ko'ra ko'proq andergraund.
East London
Dalston Superstore, The Glory, Metropolis
San'at, texno, drag. Dalston Superstore — har kuni kvir ziyofatlari bo'ladigan bar-klub. The Glory — drag shows, kabare, jonli musiqa. Metropolis — strip klub. Alternativ, ijodiy sahna.
afsona
Royal Vauxhall Tavern
1860-yillardan beri afsonaviy LGBTQ+ joy. Kabare, drag, comedy nights, jonli musiqa. Bu yerda hamma chiqishgan — Lily Savage dan Freddie Mercury gacha. Himoyalangan tarixiy bino. Albatta borib ko'rish kerak.
Faqat London emas
Manchester
Canal Street
UK dagi ikkinchi katta LGBTQ+ sahna. Canal Street — kanal bo'ylab barlar va klublar ko'chasi. Via, Cruz 101, The Eagle. Avgustda Manchester Pride — mamlakatdagi eng kattalardadn biri. Juda kuchli community ga ega shahar.
Brighton
Kemptown
Buyuk Britaniyaning norasmiy LGBTQ+ poytaxti. Kemptown — barlar, kafelar va do'konlar joylashgan tuman. Avgustda Brighton Pride — ulkan. Butun shahar do'stona. Londondan poyezdda bir soat.
Birmingham
Hurst Street
Shahar markazidagi Gay Village. Barlar, klublar, drag nights. Mayda Birmingham Pride. UK ning uchinchi katta shahri — va bu yerda hamma narsa bor.
boshqa shaharlar
Edinburgh, Leeds, Bristol
Edinburgh — CC Blooms, Planet Bar, iyunda Pride. Leeds — The Viaduct, Queens Court, Lower Briggate. Bristol — The Old Market, QueenShilling. UK ning har bir katta shahrida LGBTQ+ sahna bor. Mahalliy Pride ni qidir — u hamma narsani ko'rsatadi.
Tadbirlar
asosiy tadbir
Pride in London
Iyul. Hyde Park dan Whitehall gacha parad. O'n minglab odamlar. Bepul. UK dagi eng katta Pride. Shunchaki kel.
tadbirlar
Mighty Hoopla, BFI Flare, Fetish Week London
Mighty Hoopla — iyunda pop-festival, Brockwell Park. BFI Flare — LGBTQ+ kinofestival, mart. Fetish Week London — Yevropadagi eng katta kink-hafta, fevral. Butun yil davomida biror narsa bo'lib turadi.
Xavfsizlik
hujjatlar
Pasport va ID yuborma
Ilovalardagi notanish odamlarga hech qachon pasport, BRP yoki boshqa hujjatlar rasmini yuborma. Tanishuv uchun bu kerak emas. Agar kimdir so'rasa — bu xavfli belgi.
birinchi uchrashuv
Ommaviy joyda uchrash
Kafe, bar, park. Darhol birovning uyiga borma. Avval neytral joyda tanish. Bu normal va hech kimni xafa qilmaydi.
ehtiyot
Do'stingga qayerga ketayotganingni ayt
Do'stingga geolokatsiya yoki manzil yubor. Uchrashuvdan keyin yozishga kelish. Bu paranoya emas — bu o'zingga normal g'amxo'rlik.
agar biror narsa bo'lsa
Galop
Galop zo'ravonlik, oilaviy abyuz yoki hate crime ga duch kelgan LGBTQ+ odamlarga yordam beradi. Anonim. Bepul. Qo'ng'iroq qilish va yozish mumkin.